Suriyaning Duma hududida 7- aprelda uyushtirilgan hujumda  xlor va sarin gazi qo’llanilgan.

Amerika qo’shma shtatlari (AQSh) Suriyaning Duma hududida 7- aprelda uyushtirilgan hujumda   xlor va sarin gazi qo’llanilganini  bildirdi

953695
Suriyaning Duma hududida 7- aprelda uyushtirilgan hujumda  xlor va sarin gazi qo’llanilgan.

Amerika qo’shma shtatlari (AQSh) Suriyaning Duma hududida 7- aprelda uyushtirilgan hujumda   xlor va sarin gazi qo’llanilganini  bildirdi. Davlat kotibligi matbuot kotibi Heather Nauert, uyushtirgan matbuoti anjumanida Suriyada rejimga qarashli xabar agentliklari kimyoviy qurollarni taqiqlash(OPCW) hay’ati Dumaga  yetib bordi xabar  haqiqat emas deb ifodasini qo’llandi.

Nauert,

“ Suriya davlat mediasi, hay’ati Dumaga borganini aytganini bilamiz. Faqat biz buni mustaqil ravishda  tasdiq qilmaymiz. Biz ishonarli deb ko’rgan manbalar esa  delegatsiya hanuz Dumaga yetib  bormagan deb ma’lumot berdi” deb qayd etdi.

Delegatsiyani   Dumaga  xavfsiz tez bir shaklda  yetib borishini istaganlarini aytgan Nauert,

“ Faqat ayni zamonda dalillar ham  aniq bo’lishini istaymiz. Delegatsiyaning Dumaga yetib borish zamoni kechikkan sari dalillarning  buzilish imkoni bor.” deb ma’lum qildi.

Matbuot  kotibi Nauert, qo’llaridagi ma’lumotga ko’ra Dumada ikki farqli kimyoviy modda qo‘llanganini ma’lum qilib,

“ Qo’llaridagi  ma’lumotda  hujum paytida xlor va sarin gazi qo’llanganini  isbotlaydi.”

Suriya rejimi, poytaxt Damashq Sharqiy Guta hududida muxoliflar nazoratidagi oxirgi nuqta bo’lgan Duma tumanida aholi punktlariga 7- aprelda uyushtirgan kimyoviy qurol hujumida 78 tinch aholi halok bo’ldi.

 


Tanlangan kalimalar: #Duma , #AQSh , #Hujum

Aloqador xabarlar