AQSh Suriyaga zarba berishda qat'iy qarorli...

Suriyada bugun boshlatilgan harbiy operatsiyada nishonga olinadigan mo'ljallar ma'lum.

951072
AQSh Suriyaga zarba berishda qat'iy qarorli...

AQSh, Buyuk Britaniya va Fransiya Suriyada operatsiya boshlatdi.

AQSh mudofaa vazirligi James Mattis, "Joriy yil o'tgan yilgi hujumga qaraganda ikki barobar ko'p o'q dori ishlatdik. Mo'ljalga olingan nuqtalar diqatli belgilandi. Og'ir qurollar ishlatilganini aytish mumkin" dedi.

AQSh Bosh shtab rahbari Joseph Dunfold esa, oldindan Rossiyaga ma'lumot berilmaganini qayd etdi.

Fransiya prezidenti Emanuel Macron, operatsiyaga doir bergan bayonotida, "Suriyada kimyoviy qurol ishlatishni oddiy holga kelishiga ruxsat bermaymiz"deb so'zladi.

Angliya Bosh vaziri Teresa Mey esa "Suriyaga zarba urishdan boshqa ilojimiz yo'q" dedi.

 

Rossiya esa bu operatsiyaga qattiq norozichilik ko'rsatdi.

Rossiyaning quyu qanodi Dumaning mudofaa qo'mitasi rahbari Aleksand Sherin, "AQSh Suriyada uyushtirgan hujumi bilan xalqaro qoidalarni poymol qilmoqda va Rossiya buni hujumkorona bir harak sifatida baholaydi" deb muloqot berdi.

Sherin, "AQSh prezidenti Donald Trump faqat duyoda jinoyat sodir etgan emas xudi Adolf Gitlerga o'xshaydi. Bu suverineteti bo'lgan bir davlatga qarshi hujumdir" dedi.

Amerika qo'shini yakunlanganini bildirgan bobardimon, Barza hududidagi ilmiy tadqiqotlar markazi, Qaysun tog'laridagi Jumhuriyat muhofizlarining markazi, Mezzeh harbiy aeraporti, Damir harbiy bazasi, Alkasva harbiy aeraporti va Alkasva hududi kabi muhim nuqtalar bilan bir qatorda Damashqda ayrim joylarni o'z ichiga olmoqda.

AQSh Prezidenti Donald Trump, hujum uyushtirishni Rossiyaning Suriyani kimyoviy qurollardan foydalanishini oldini olmagani natijasida bo'lganini izohladi. Rossiyaga hitob qilgan Trump, Moskvaning "Qorong'u yo'lmi yoki zamonaviy xalqaro yo'ldanmi boradi qaror berishi kerak" deb so'zladi.

 



Aloqador xabarlar