G'arbiy Frakiyada ozchilik uchun ona tilida boshlang'ich maktab talab qilindi...

G'arbiy Frakiyada, kafolat ostiga olingan ta'lim haqlari doirasida, hududda Turk va Yunon tillarida ta'lim bergan boshlang'ich maktablarning ochilishini talab qidli.

950944
G'arbiy Frakiyada ozchilik uchun ona tilida boshlang'ich maktab talab qilindi...

G'arbiy Frakiyada, Turk ozchilikning maslahat kengashi, ozchilikning, Lozan shartnomasiga ko'ra kafolat ostiga olingan ta'lim haqlari doirasida, hududda Turk va Yunon tillarida ta'lim bergan boshlang'ich maktablarning ochilishini talab qidli.

Maslahat kengashidan berilgan bayonotda, Turk ozchilikning haqlari tarif etilgan Lozan shartnomasining (1923- yil 24- Iyul) ta'luqli bandiga ko'ra, Turk va Yunon tillarida o'qitgan boshlang'ich maktab ochishni talab qilganliklarini bildirib, "Yunon hukumatining, Musulmon Turk ozchilikning ikki tilli boshlang'ich maktab talabiga tezda javob berishini umid qilamiz" deb so'zladi.

"G'arbiy Frakiya Musulmon Turk ozchilik yashagan hududlardagi boshlang'ich maktablarda, xalqaro va o'zaro shartnomalar bilan kafolat ostiga olingan haqlar doirasida, ta'limda zamonaviy ilmiy metotlar izlash va ishlaganlarning vazifalari ochiq tarif etilgan bir yechim talab qilmoqda. Bu mavzuda ta'luqli organlarning tezda qadam tashlashini kutamiz" deb ifoda etildi.

Bayonotda, Yunoniston ta'lim vazirligiga bog'li Ta'lim Siyosatlari Instituti tomonidan Gumuljila va Iskeche hududlaridagi davlat maktablarida joriy il boshlatilgan Yunon tilini chuqur o'rnatish maqsadi va tushunchasi bilan aloqali shuıbxa uyg'otgani ifoda etildi.

 



Aloqador xabarlar