Jens Stoltenberg, Sharqiy Gutadagi kimyoviy qurol hujumini keskin qoraladi

Slovakiya Bosh vaziri Peter Pellegrini bilan matbuot anjumanida ishtirok etgan NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg Sharqiy Gutadagi kimyoviy qurol hujumini keskin qoraladi.

950248
Jens Stoltenberg, Sharqiy Gutadagi kimyoviy qurol hujumini keskin qoraladi

NATO Bosh kotibi Jens Stoltenberg, “Sharqiy Gutadagi kimyoviy qurol hujumini keskin qoralaymiz” dedi.

Slovakiya Bosh vaziri Peter Pellegrini bilan matbuot anjumanida ishtirok etgan Stoltenberg, “Mas’ul kishilarning hammasi bunga javob berishi kerak” der ekan Dumadagi hujumning Bashar al-Asad rejimi va uni qo’llab-quvvatlagan Eron bilan Rossiya faol bo’lgan bir mintaqada sodir etilganligini va rejimning avval ham kimyoviy quroldan foydalanganligini qayd etdi.

Stoltenberg, “Suriya rejimi va uni qo’llab-quvvatlagan Rossiya bilan Eronni mintaqaga xalqaro nazorat va sog'liqni saqlash xodimlarining kirishini ta’minlashga chaqiramiz” deya gapirdi.

Bosh kotibning qayd etishicha, NATO ittifoqlari hujumga javob berish yo’llarini muhokama qilmoqda.

Aytib o’tish joizki Asad rejimi Sharqiy Gutada, muxolafat guruh nazorati ostidagi oxirgi nuqta hisoblangan Duma tumanidagi tinch aholi turar-joy punktiga qarshi 7-aprel kuni kimyoviy qurol hujumi uyushtirgan va oqibatida 80 kishi jon bergan.

Suriya Inson Huquqlari Tarmog’i tomonidan 4-aprel kuni chop etilgan hisobotga ko’ra Asad rejimi Suriyadagi ichki urush boshlaganidan beri 214 marotaba, Xon-Shayhun qatliomi ortidan esa 11 marotaba kimyoviy qurol hujumi uyushtirgan.

 

 



Aloqador xabarlar