Egey dengizida qulagan Gretsiya urush uchog’ining uchuvchisi jon berdi

Egey dengizida Gretsiya Harbiy-havo kuchlari qo’mondonligiga oid urush uchog’i mahalliy vaqt bilan 12:15 chog’larida qulagan edi.

950267
Egey dengizida qulagan Gretsiya urush uchog’ining uchuvchisi jon berdi

Gretsiya Harbiy-havo kuchlari qo’mondonligiga oid qulagan urush uchog’ining uchuvchisi jon berdi.

Gretsiya ommaviy axborot vositasi tarqatgan ma’lumotga ko’ra Mirage-2000-5 rusumidagi urush uchog’i Skiros orolidagi aviabazaga qo’nmay turib orolning 9 milya shimoli-sharqida dengizga qulagan edi.

Ortidan Gretsiya mudofaa vaziri Panos Kammenos o’zining twitter hisobi orqali mahalliy vaqt bilan soat 12:15 chog’larida qulagan uchoqning uchuvchisining jon berganligini ifoda etgan holda, uchuvchining oilasiga chuqur ta’ziya izhor etdi.

Gretsiya ommaviy axborot vositasi falokat ortidan mintaqada keng ko’lamli qidiruv va qutqaruv amaliyotlari boshlatgan guruhning uchoq qulagan nuqtaga yetib borganligini ma’lum qildi.    



Aloqador xabarlar