Yaponiyada 6.1 magnitudali zilzila ro’y berdi

Tabiiy ofat oqibatida Oda shahrida elektr liniyalari uzilgan, suv to’xtagan, ba’zi binolarda moddiy talofat yuzaga kelgan. Yo’llarda yoriqlar paydo bo’lgan.

947158
Yaponiyada 6.1 magnitudali zilzila ro’y berdi

Yaponiyada 6.1 magnitudali zilzila ro’y berdi.

Zilzila oqibatida 5 kishi jarohatlandi.

Kyodo xabar agentligi tarqatgan xabarga ko’ra, Yaponiya meteorologiya agentligi zilzilaning o’chog’i Shimane hududiga qarashli Oda shahrida yerning 12 km chuqurligida joylashgan.

Mahalliy vaqt bilan soat 01:32 da ro’y bergan zilzilada Oda shahridan 4 kishi, Izumo shahridan bir kishi jarohatlangan.

Tabiiy ofat oqibatida shaharda elektr liniyalari uzilgan, suv to’xtagan, ba’zi binolarda moddiy talofat yuzaga kelgan. Yo’llarda yoriqlar paydo bo’lgan.

Yaponiya yo’l-harakati ma’lumot markazi zilzila oqibatida hududdagi ba’zi poyezd safarlari to’xtatilganligini, biroq transport qatnovi davom etayotganligini ma’lum qilgan.

Tegishli vakillar Shimane atom energiya stansiyasida salbiy holat kuzatilmaganligini bildirdi.

AQSh geologik tadqiqotlar markazi esa, zilzilaning darajasi 5.6 magnitudali ekanligini xabar qildi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Yaponiya , #zilzila , #Oda , #tabiiy ofat

Aloqador xabarlar