Qatarda harbiy xizmat muddati 1 yilga chiqarildi...

Qatar Amiri Temim bin Hamed al Sani, harbiy xizmatga borishini nazarda tutgan qarorni imzoladi.

944861
Qatarda harbiy xizmat muddati 1 yilga chiqarildi...

Qatar Amiri Temim bin Hamed al Sani, majburiy harbiy xizmat muddatini bir yilga ko'targan va ayollarning ham ko'ngilli harbiy xizmatga borishini nazarda tutgan qarorni imzoladi.

Yangi qarornomaga ko'ra 18-35 yosh orasida erkaklar va universitet o'qiganlarning harbiy xizmat muddati bir yilga chiqarildi.

Yangi qarornomaga ko'ra harbiy xizmatdan qochganlarning 1 oy bilan 1 yil yohud 13 ming 700 dollar bilan 82 ming 400 dollar orasida jarima to'lashi nazarda tutilmoqda.

Qatarda majburiy harbiy xizmat 2014-yili Mart oyi chiqarilgan qonun bilan kuchga kirgan edi.

Eski qonunga ko'ra 18-35 yosh orasida va oliy ta'lim egasi erkaklar 3 oy, universitet o'qimaganlar 4 oy majburiy harbiy xizmat o'tayotgan edi.



Aloqador xabarlar