Angliyaliklar hukumatini islomofobiyaga qarshi kurashishga chaqirdi

Angliyada tarqatilgan va 3-aprel kuni barchani “bir musulmonni jazolantirshga chaqirgan” maktublarga qarshi, orol bo’ylab uyushtirilgan namoyishlar orqali norozichilik bildirildi.

944488
Angliyaliklar hukumatini islomofobiyaga qarshi kurashishga chaqirdi

Angliyada tarqatilgan va 3-aprel kuni barchani “bir musulmonni jazolantirshga chaqirgan” maktublarga qarshi, orol bo’ylab uyushtirilgan namoyishlar orqali norozichilik bildirildi.  

“Irqchilikka qarshi norozichilik bildir” degan shiorlar bilan nodavlat notijorat tashkilotlar tomonidan uyushtirilgan namoyishlar, poytaxt London bosh bo’lish bilan birga Kembrij, Edinburg, Manchester, Birmingham, Sheffield, Devon, Oksford, Norvich, Leysester va Nyukasl shaharlarida o’tkazildi.

Namoyishda ishtirok etgan irqchilik va fashizmga qarshi ko’z qarashdagi shahar aholisi oroldagi musulmonlar bilan birlik va birdamlik ichida umr surganliklarini eslatgan holda, jamiyatning barcha a'zolarini ham birlikka chaqirdi.  

Musulmonlarga qarshi qo’l urilgan barcha jinoyatlarning keskin ravishda qoralanishi kerakligini ta’kidlagan ishtirokchilar, “Islomofobiyaga qarshimiz” degan sihorlar bilan Angliya hukumatini, bunga qarshi kurashishga undadi.

O’tgan oyda Angliyaning turli shaharlariga yuborilgan va “bir musulmonni jazolantirshga chaqirgan” maktublarda musulmon aholisining xavf tashkil etayotganligi iddio qilinib, 3-aprel kuni “ko’pchilikni tashkil etgan oq tanlilar”, “bir musulmonga ziyon yetkazsin” degan ifodalarga o’rin berilgan edi.

Aytib o’tish joizki terrorizmga qarshi kurash politsiya xodimlari, mazkur maktublar ustidan tergov ishlari boshlatganligini bildirgan edi.

Maktublarda shuningdek, musulmonlarga qanday qilib ziyon yetkazilishi haqidagi rejalar ham ilova etilar ekan ular orasida “bir musulmon ayolning hijobini yechib tashlash, uni kaltaklash, unga kislota to’kish va qandaydir bir qurol orqali o’ldirish” rejalari ham o’rin olgan.  

Angliyada musulmonlarga qarshi uyushtirilgan hujumlarni kuzatib borgan “Tell Mama” guruhi maktubning, mamlakatning Bradford, Leysester, London, Kardiff va Sheffild shaharlarida turli manzillarga yuborilganligini ma’lum qilgan edi.

Huddi ana shunday maktub shuningdek, shubhali modda solingan paketlar orqali Angliyada, asosiy muxolifat partiyasi hisoblangan Ishchi partiyasining 4 nafar musulmon deputatiga ham yuborilgan edi.  

Davlat vaziri Victoria Atkins vaziyat haqida bergan bayonotida, “Hukumat sifatida bu dahshatli maktubning mazmunini keskin qoralaymiz. Tartibli bir jamiyatda buning hech qanday o’rni yo’qdir” degan ifodalarga o’rin berdi.

 

 



Aloqador xabarlar