Idlibdagi tinch aholi turar-joy punktlariga qarshi yana havo hujumi uyushtirildi

Suriyaning Idlib viloyatidagi tinch aholi turar-joy punktlariga qarshi yana havo hujumi uyushtirildi.

943542
Idlibdagi tinch aholi turar-joy punktlariga qarshi yana havo hujumi uyushtirildi

Suriyaning Idlib viloyatining taranglikni kamaytirish mintaqasi chegaralarida tinch aholi turar-joy punktlariga qarshi uyushtirilgan havo hujumi oqibatida 6 kishi jon berib, 10 kishi tan jarohati oldi.

Idlibdagi tinch aholidan tashkil topgan mudofaa guruhi rahbari Mustafa Xaj Yusuf, tush vaqtlarida Idlibga qarashli qishloqlarga qarshi urush uchoqlari orqali hujum uyushtirilganligini ma’lum qildi.

Mustafa Xaj Yusuf shu doirada viloyatning Ariha tumanida joylashgan bozordagi hujumda 2 kishining jon berganligini, 7 kishining tan jarohati olganligini; Kurin qishlog’ida esa 4 kishining jon berganligini va 3 kishining tan jarohati olganligini qayd etdi.

Viloyatning tinch aholidan tashkil topgan mudofaa guruhi xodimlari qidiruv va qutqaruv faoliyatlarini davom etar ekan, hujum oqibatida turar-joy punktining katta ziyon ko’rganligini ham belgilab o’tdi.

Suriyalik muxolafat guruhga oid uchoqlarni nazorat qilish uyi tomonidan ijtimoiy media orqali berilgan bayonotda esa,

“Himeymim bazasidan ko’tarilgan rus urush uchoqlari Ariha, Kurin, Urim al-Juz va al-Bara mintaqasiga qarshi havu hujumi uyushtirdi” degan ifodalarga o’rin berildi.

Oxirgi bir oy ichida Suriyaning Idlib va Hama viloyatidagi tinch aholi turar-joy mintaqasiga qarshi uyushtirilgan hujumlar oqibatida 118 tinch aholi jon berib, 120 nafar tinch aholi tan jarohati olgan.

 

 



Aloqador xabarlar