Afg'onistonda Havo Kuchlari uyushtirgan hujum natijasida 100 kishi hayotdan ko'z yumdi...

Afg'oniston Havo Kuchlari tomonidan Qunduz viloyatida uyushtirilgan havo hujumida qurbonlar soni 100 ga ko'tarildi.

943178
Afg'onistonda Havo Kuchlari uyushtirgan hujum natijasida 100 kishi hayotdan ko'z yumdi...

Afg'oniston Havo Kuchlari tomonidan kuni kecha o'lkaning shimolidagi Qunduz viloyatida uyushtirilgan havo hujumida qurbonlar soni 100 ga ko'tarildi.

Dashti Archi hokimiyat rahbari Nasruddin Sadi, Havo kuchlariga oid samolyotning, tumandagi madrasani bombalashi natijasida ko'pi tinch aholi bo'lgan 100 kishining hayotini yuqotganini ma'lum qildi.

Hujumda 50 kishining esa tan jarohati olganini ifoda etgan Sadi, qurbonlar sonining ortishidan xavotirda ekanligini ifoda etdi.

Sadi, hujumning madrasada hofizlik bitiruvchilarining marosimi chog'ida uyushtirilganini qayd etdi.

Marosimga Tolibon rahbarlarining ham qatnashganini ifoda etgan Sadi, qurbonlar orasida tashkilotning muhim isimlarining ham bo'lganiga diqat qaratdi.

Guvoblardan Haji Nabi, 500 kishi qatnashgan marosim chog'ida sodir etilgan hujum natijasida 50 nafar begunoh insonning hayotini yuqotganini izohladi.

Qunduz xavfsizlik mudirlik voizi Enamuddin Rahmani, kuni kecha berilgan bayonotida, hujumning, tashkilot rahbarlari madrasada yig'ilish o'tkazgan paytda sodir etilganini va 25 nafar Tolibon a'zosining o'ldirilganligini bildirgan edi.



Aloqador xabarlar