AQSh prezidenti Donald Trampning Suriya haqida bayonoti...

Donald Tramp Suriyada 7 yildan buyon davom etayotgan ichki urushga doir "Qo'yavering, endi boshqalari chora ko'rsin",-dedi.

940524
AQSh prezidenti Donald Trampning Suriya haqida bayonoti...

AQSh prezidenti Donald Trampning Suriya haqida bayonoti...

Tramp mitingda so'zlagan nutqida Amerika yaqinda Suriyadan chekinishini ma'lum qildi.

AQSh yetakchisining aytishicha, bunga asosiy sabab, AQSh kuchlari Suriyada terror tashkiloti DAIShning katta qismi yo'q  qilganligidir.

Donald Tramp Suriyada 7 yildan buyon davom etayotgan ichki urushga doir "Qo'yavering, endi boshqalari chora ko'rsin",-dedi.

Tramp 2016 yildagi saylov oldidan yuritgan kampaniya mobaynida AQShning behuda mablag' sarflagan Yaqin sharqdan chiqishi kerakligini ilgari surgandi.

Pentagon ma'lumotlariga ko'ra, Suriyada 2 mingga yaqin Amerika askari mavjud.

AQSh kotibligi voizi Hearthert Nauert: "Suriyadan chekinish siyosatidan boxabar emasman",-dedi.

Uning bu so'zlari Amerika ichki siyosatida yangi krizisdan darak berishi haqida mulohaza qilindi.

Pentagon Suriya inqirozi bo'yicha chizgan yo'l haritasi ham prezidentning so'zlariga mos kelmaganligi diqqat qaratmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Donald Tramp , #Suriya

Aloqador xabarlar