AQSh Xitoyga qo’shimcha bojxona solig’i va investitsiya cheklovlari bilan bog’liq hujjatni imzoladi

Tramp Xitoyga nisbatan qo’shimcha boj solig’i va tovar importi bo'yicha cheklovlarni belgilash vazifasini AQSh hazina vazirligi bilan savdo tashkilotiga topshirdi.

935919
AQSh Xitoyga qo’shimcha bojxona solig’i va investitsiya cheklovlari bilan bog’liq hujjatni imzoladi

AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoyga miliardlab dollarlik qo’shimcha bojxona solig’i va investitsiya cheklovlari bilan bog’liq hujjatni imzoladi.

Donald Tramp Oq uyda o’tkazilgan marosimda davlat huquqini va texnologiyalarini himoya qilish maqsadida Xitoyga qaratilgan bir qator savdo cheklovlarini keltirishga buyruq berdi.

Hujjatni imzolashdan oldin qisqacha bayonot bergan Tramp Xitoyni do’st sifatida qabul qilganligini bildirib, “Xitoy davlat rahbari Siga hurmatim baland. Bizga Shimoliy Koreya xususida katta yordam beryabdi”,-dedi.

Tramp bunga qaramay, AQShning Xitoy tufayli duch kelgan tijoriy kamomadini nazorat qilib bo’lmaydigan darajaga yetganligi sababli chora ko’rishga majbur ekanligini tilga oldi.

Trampning aytishicha, Xitoyga tadbiq etiladigan qo’shimcha boj solig’i va tovar importi bo'yicha cheklovlarning qiymati 60 mlrd dollarni tashkil qiladi.

Oq uy tomonidan e’lon qilingan hujjatga ko’ra, Tramp Xitoyga nisbatan qo’shimcha boj solig’i va tovar importi bo'yicha cheklovlarni belgilash vazifasini AQSh hazina vazirligi bilan savdo tashkilotiga topshirdi.

Bunga ko’ra, AQSh hazina vazirligi bilan savdo tashkiloti Xitoy mahsuloti bo’lgan ba’zi tovarlaridan 25% nisbatida qo’shimcha soliq talab qilishi nazarda tutilmoqda.

Ushbu boj solig’i asosan mudofaa, aviatsiya, telekommunikatsiya, baliq va dengiz mahsulotlari importi bo'yicha cheklovlarni o’z ichiga oladi.

Bunga doir ro’yxat 15 kun ichida e’lon qilinishi kutilmoqda.

Qolaversa, AQSh hazina vazirligi Xitoyga qarshi tovar importi bo'yicha cheklovlar ro'yxatini 60 kun ichida Oq uyga tavsiya qilishi zarur.

Ma`lum bo'lishicha, Xitoy va Rossiyaning talabi bilan jahon savdo tashkilotining tovar savdosi bo'yicha kengashi yig’ilishida AQSh bojlari muhokama etiladi.


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Xitoy , #bojxona solig'i , #tovar , #cheklov

Aloqador xabarlar