Idlibda yana hujum uyushtirildi

Idlibning janubidagi muhojir lagerlari nishonga olingan havo hujumi ko'pchilik umriga ham, sog'ligiga ham ziyon yetkazdi.

934204
Idlibda yana hujum uyushtirildi

Suriyada taranglikni kamaytirish mintaqasi hisoblangan Idlibning janubidagi muhojir lagerlari nishonga olingan havo hujumida 10 kishi jon berdi. Jon berganlardan tashqari 15 kishi tan jarohati oldi.

Muxolafat guruhga oid nazorat uyi xodimi Abu Raed shu haqida bergan bayonotida,

“Rossiyaga oid SU 24 rusumidagi urush uchog’i Lazkiya viloyatiga qarashli Himeymim bazasidan ko’tarilib, Idlib viloyatining janubidagi Has qishlog’ida ikki marotaba havo hujumi uyushtirdi” dedi.

Bunga qo’shimcha sifatida Idlib aholisidan tashkil topgan mudofaa guruhi rahbari Mustafa Haj Yusuf,

“Oqshom soatlarida urush uchoqlari Idlib viloyatining janubida o’rin olgan Has qishlog’idagi muhojirlar lageriga qarshi havo hujumi uyushtirdi. Oqibatida 10 kishi jon berar ekan, 15 kishi tan jarohati oldi” degan ifodalarga o’rin berdi.  

Aytib o’tish joizki oxirgi 10 kun ichida Idlib va Hama mintaqasidagi tinch aholi turar-joy punktlarida uyushtirilgan havo hujumlarida jami 31 kishi jon berdi va 66 kishi tan jarohati oldi.

BMTXK 24-fevral kuni qabul qilgan qarori orqali Sharqiy Guta bosh bo’lish bilan birga Suriya bo’ylab tinch aholining ziyon ko’rmasligi uchun o’q uzishni to’xtatishni talab qilishiga qaramay “kechiktirilmagan holda” amal qilishga hukm qilingan qarorning qanday qilib kuchga kirishi noma’lumligicha qolgan. BMTXK qarori ortidan Rossiya 27-fevral kuni o’q uzishni har kuni mahalliy vaqt bilan soat 09:00 dan boshlab 14:00 gacha (Turkiya vaqti bilan 10:00-15:00) to’xtatishni e’lon qilib, rejimning bunga amal qilajagini ilgari surgan edi.     

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Idlib , #havo hujumi

Aloqador xabarlar