Sharqiy Afrikadagi orol-davlat Mavrikiy prezidenti Omina Gurib-Fakim o'z vazifasidan iste'fo etdi

Mavrikiy tarixidagi ilk ayol prezident bo'lgan Omina Gurib-Fakim Yer sayyorasi instituti  nohukumat tashkilotining kredit kartochkasidan shaxsiy maqsadlarda foydalanganlikda ayblanmoqda.

932236
Sharqiy Afrikadagi orol-davlat Mavrikiy prezidenti Omina Gurib-Fakim o'z vazifasidan iste'fo etdi

Sharqiy Afrikadagi orol-davlat Mavrikiy prezidenti Omina Gurib-Fakim moliyaviy mojarolar sababli iste’foga chiqishga qaror berdi.

Uning advokati Yusuf Muhammadning ma’lum qilishicha, Gurib-Fakim o'z lavozimini xalq manfaatlari uchun tark etmoqda.

Muhammadning aytishicha, prezidentning iste’fosi 23 mart kuni kuchga kiradi. Ta’kidlanishicha, Mavrikiy tarixidagi ilk ayol prezident Yer sayyorasi instituti  nohukumat tashkilotining kredit kartochkasidan shaxsiy maqsadlarda foydalanganlikda ayblandi. U kartochkadagi mablag'lar hisobidan kamida 25 ming evroga turli buyumlar sotib olgan.  

Gurib-Fakimning aytishicha, u kartochkadan tasodifan foydalangan, sarflab qo'ygan mablag'larni esa darhol qaytarib joyiga qo’ygan. Mablag'lar qaytarilganini nohukumat tashkiloti ham tasdiqlagan. 

Gurib-Fakim taniqli biolog olim bo'lib, Afrikadagi ilmiy salohiyatni rivojlantirish uchun Yer sayyorasi institutiga qo'shilgan. Unga 2016 yil may oyida tashkilotdagi vazifalari bilan bog'liq safarlar va logistika xarajatlarini qoplash uchun tashkilot kredit kartochkasi taqdim qilingan edi.

 



Aloqador xabarlar