Qobulda bomba yuklangan mashina orqali hujum uyushtirildi

Afg’oniston poytaxti Qobulda bomba yuklangan mashina orqali hujum uyushtirildi.

931709
Qobulda bomba yuklangan mashina orqali hujum uyushtirildi

Afg’oniston poytaxti Qobulda bomba yuklangan mashina orqali amalga oshirilgan hujumda 3 kishi jon berdi.

Ichki ishlar vazirligi voizi Najib Danish mazkur hujumda jon berganlardan tashqari 4 nafar tinch aholining ham tan jarohati olganligini qayd etdi.

Guvohlar, hujumda, mintaqadagi chet elliklarga oid bir ofisning nishonga olinganligini ilgari surdi.

Hujumni esa Tolibon o’z zimmasiga oldi.

 



Aloqador xabarlar