Senegal janubi-g'arbida harbiy vertolyot qulab tushdi

Fojiada 6 kishi halok bo'lgan, 14 kishi yaralangan, ular shifoxonaga yotkizilgan.

930358
Senegal janubi-g'arbida harbiy vertolyot qulab tushdi

Senegal janubi-g'arbida harbiy vertolyot qulab tushdi.

Fojiada 6 kishi halok bo'lgan.

Qo’shin qo’mondoni polkovnik Alioune Ndiaye ma’lum qilishicha, bu voqea mamlakat janubi-g'arbidagi Touba Kuta shahriga qarashli Missira qishlog'i yaqinida yuz bergan. Vertolyot bortida 16 yo'lovchi va 4 ekipaj bo'lgan.

Voqeada 14 kishi yaralangan, ular shifoxonaga yotkizilgan.

Vertolyot mamlakat janubidagi Ziguinchor viloyatining sobiq hokimi Robert Sagnaning vafot etgan ukasining janozasini poytaxt Dakarga yetkazish uchun parvoz qilgandi.

Senegal rasmiy xabar agentligi vertolyotning botqoqlikka qulab tushganligini ma’lum qildi.

Voqea yuz bergan hududda qidiruv-qutqaruv operatsiyasi olib borilmoqda.

 


Tanlangan kalimalar: #Senegal , #vertolyot halokati

Aloqador xabarlar