Reks Tillerson Davlat departamentida hamkasblari bilan xayirlashdi

“Avvalo Davlat departamentida men bilan birga mehnat qilgan do’stlarim bilan vidolashmoqchiman. Barchamiz sidqidildan ishimizni bajarish uchun qasamyod qildik. Men qasamyodimdan chetga chiqmadim",-dedi Tillerson.

929221
Reks Tillerson Davlat departamentida hamkasblari bilan xayirlashdi

 

AQShning sobiq davlat kotibi Reks Tillerson Davlat departamentida bayonot berdi.

Ma’lum bo’lganidek, Reks Tillerson kecha AQSh prezidenti Donald Tramp tomonidan iste’foga chiqarildi va uning o'rniga Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Mayk Pompeo tayinlandi.

Tillerson vidolashuv brifingida Tramp tomonidan ishdan bo’shatilganiga doir fikrini ifoda etdi.

Brifingda Tillersonning mayus ekanligi diqqatlardan chetda qolmadi.

U prezident Trampning kecha Koliforniyaga ketayotgan paytda unga qo’ng’iroq qilganligini ma’lum qildi.

Tillersonning vakolat muddati rasman 31 mart kuni yakunlanadi, shu tufayli uning vazifalarini o'rinbosari Jon Sallivan vaqtinchalik bajarib turadi.

Tillerson hamkasblari bilan xayirlashar ekan, avvalo ularga minnatdorlik bildirdi.

“Avvalo Davlat departamentida men bilan birga mehnat qilgan do’stlarim bilan vidolashmoqchiman. Barchamiz sidqidildan ishimizni bajarish uchun qasamyod qildik. Men qasamyodimdan chetga chiqmadim. AQSh qo’shini bizni mudofaa qilmoqda. Amerikaliklar sifatida ulardan minnatdormiz. Suriyada sulh bitimini yo’lga qo’ydik va minglab insonning hayotini saqlab qoldik”,-dedi Reks Tillerson.

Bugun vakolatini o'rinbosari Jon Sallivanga topshirganligini aytgan Tillerson AQSh kotibligiga rahbar etib tayinlangan Mayk Pompeoga lavozimni topshirish uchun kerakli faoliyatni amalga oshirishini bildirdi.

“Eng asosiysi bu vaqt davomida vakolatlar yangi rahbarga osoyishtalik bilan o'tishi, bu o'zgarishlar davrida mamlakat siyosat va milliy xavfsizlikda jiddiy muamolar bilan to'qnashmasligidir”,-dedi Tillerson.

Eslatma: AQSh prezidenti Donald Tramp kecha Reks Tillersonni Davlat departamenti rahbarligidan iste’foga chiqardi. 

Uning o’rniga Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Mayk Pompeo tayinlanganligini ma’lum qildi.

Tramp Oq uyda matbuotga bergan brifingda Tillerson bilan ko’plab masalalarda ziddiyat mavjudligi haqida gapirgandi.



Aloqador xabarlar