Turkiyadagi rossiyalik saylovchilar uchun Prezidentlik saylovi boshladi

Rossiya Davlat rahbarini saylov doirasida Turkiyada kecha birinchi saylov uchastkalari tashkil etildi va mamlakatning Mersin viloyatida birinchi ovozlar berildi.

922318
Turkiyadagi rossiyalik saylovchilar uchun Prezidentlik saylovi boshladi

Rossiya Davlat rahbarini saylov doirasida Turkiyada kecha birinchi saylov uchastkalari tashkil etildi va mamlakatning Mersin viloyatida birinchi ovozlar berildi.

Rossiyaning Anqara elchixonasi tomonidan berilgan ma’lumotga ko’ra Rossiyada, joriy yilning 18-mart haftaning yakshanba kuni bo’lib o’tadigan Prezidentlik saylovi doirasida Turkiyada birinchi saylov qutilari kecha tashkil etildi.

Ovoz berish faoliyatlari kecha ertalab soat 09:00dan boshlab 19:00gacha davom etdi.

Ovoz berganlar ro’yhatida Turkiyaning birinchi atom elektr stansiyasining qurilish ishlari uchun Turkiyaga kelgan Rossiya fuqarolari bilan mamlakatning Mersin va Adana viloyatlarida istiqomat qilgan rossiyaliklarning borligi ma’lum qilinar ekan birinchi marotaba ovoz bergan Rossiya fuqarolariga esa estalik uchun sovg’alar topshirilganligi ham qayd etildi.

Saylovlarning rus qonunlari asosida o’tkazilganligi ham ilova etildi.

Turkiyadagi rus diplomatik vakolatxonalariga uzoq nuqtada istiqomat qilgan rus saylovchilar uchun kelasi ikki hafta mobaynida Turkiyaning turli viloyat va tumanlarida saylov uchastkalari tashkil etiladi.

Shu doirada Turkiyaning Kojaeli viloyatining Darija tumanida 9-mart kuni soat 17:00dan boshlab 21:00gacha; Antaliya viloyatining Alaniya tumanida 10-mart kuni soat 10:00dan boshlab 18:00gacha; Antaliya viloyatining Kemer tumanida 10-mart kuni soat 10:00dan boshlab 16:00gacha; Bursa viloyatida 10-11mart kunlari soat 08:00dan boshlab 18:00gacha; Eskishehir viloyatida 12-mart kuni soat 09:00dan boshlab 19:00gacha va Izmir viloyatida 14-15-mart kunlari soat 09:00dan boshlab 19:00gacha Rossiya fuqarolarining ovoz berishi uchun imkon berilib, shart-sharoit yaratiladi.

Turkiyada yashagan va vaqtinchalik Turkiyada bo’lgan Rossiya fuqarolari saylov kuni (18-mart) soat 08:00dan boshlab 20:00gacha Rossiyaning Anqara elchixonasi bilan mamlakatning Antaliya, Istanbul va Trabzon Bosh konsulliklarida tashkil etiladigan saylov uchastkasida ovoz berishlari mumkin.

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko’ra Rossiya Davlat rahbarini saylash uchun Rossiyadan tashqari dunyoning roppa-rosa 145 davlatida, 385 ta saylov uchastkasi tashkil etiladi.

 

 

 



Aloqador xabarlar