Livan bosh vaziri Saad Haririy Saudiya Arabistoniga jo'nab ketdi

Haririyning Saudiya Arabistoni qiroli Salmon va valiahd shaxzoda Muhammad Bin Salmon bilan uchrashishi rejalangan.

919729
Livan bosh vaziri Saad Haririy Saudiya Arabistoniga jo'nab ketdi

Livan bosh vaziri Saad Haririy Saudiya Arabistoni poytaxti Riyadga safar qildi.

Bu haqda Livandagi NNA xabar agentligi ma’lum qildi.

Xabarga ko’ra, Livan bosh vaziri Saad Haririy Saudiya Arabistoni qiroli Salmon Bin Abdulazizning taklifiga binoan bugun Riyad shahriga jo’nab ketdi.

Haririyning Saudiya Arabistoni qiroli Salmon va valiahd shaxzoda Muhammad Bin Salmon bilan uchrashishi rejalangan.

Ushbu ziyoratning muddati va muzokaralarda qanday mavzular muhokama qilinishi haqida ma’lumot berilmadi.

Haririy safari oldidan, qirol tomonidan Saudiya Arabistoniga taklif qilinganligini va buni yaqinda ro’yobga chiqarishini ma’lum qilgandi.

Eslatma: Haririy 2017 yil 4 noyabr kuni Saudiya Arabistonining poytaxti Riyadda o’z vazifasidan iste’fo etganligini e’lon qilgan edi.

Hizbulloh va Eron mintaqani notinchlikka yetaklaganligini tilga olgan Haririy o’ziga nisbatan suiqasd sodir etilishidan xavotirda ekanligini ta’kidlagan edi.

Bu izohidan 17 kun o’tgach, vataniga qaytgan va iste’fodan voz kechgan Haririy Saudiya Arabistonida garovga olinganligini va iste’fo etishga majburlanganligini ilgari surgandi.

 

 

 



Aloqador xabarlar