Iordaniya tashqi ishlar vaziri Eymen as-Safedi Sergey Lavrov bilan muloqot qildi

Suhbat chog’ida BMT Xavfsizlik kengashining 2254-sonli qaroriga binoan Suriya inqiroziga yechim topish masalasi muhokama qilindi.

919039
Iordaniya tashqi ishlar vaziri Eymen as-Safedi Sergey Lavrov bilan muloqot qildi

Iordaniya tashqi ishlar vaziri Eymen as-Safedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan telefon orqali muloqot qildi.

Bu haqda Iordaniya tashqi ishlar vazirligi bayonot berdi.

Bayonotga ko’ra, suhbat chog’ida Eymen as-Safedi va Sergey Lavrov BMT Xavfsizlik kengashining “Suriyada shoshilinch ravishda sulh bitimini ta’minlash va mamlakatda siyosiy kelishuv tuzish” to’g’risidagi 2254-sonli qaroriga binoan Suriya inqiroziga yechim topish masalasini muhokama qildi.

Eymen as-Safedi BMT Xavfsizlik kengashining Suriyada sulh bitimini yo’lga qo’yish va Iordaniya chegarasida joylashgan Ar-Rukbon hududidagi suriyalik qochqinlarga gumanitar yordamlarni yetkazish to’g’risidagi 2401-sonli qarorining ahamiyatini tilga oldi.

Sergey Lavrov esa, Asad rejimi qamali ostida bo’lgan Sharqiy Gutada Rossiyaning 5 soatlik gumanitar tanaffus to’g’risidagi qaroriga e’tibor qaratdi.

Eslatma: 24-fevral kuni BMT Xavfsizlik kengashida Suriyaga gumanitar yordam yetkazish va asosan Asad rejimi qamali ostida bo’lgan Sharqiy Gutada og’ir yaradorlarni xavfsiz hududga ko’chirish uchun kamida 1 oylik gumanitar tanaffus e’lon qilingandi.

 



Aloqador xabarlar