Rossiyalik saylovchilarga atab Turkiyada 3 ta saylov uchastkasi tashkil etiladi

Rossiyaning Istanbul Bosh konsulligi Rossiyada joriy yilning 18-marti kuni bo’lib o’tadigan Prezidentlik saylovi uchun Bosh konsullik muassasasi binosida saylov uchastkasi tashkil etilajagini ma’lum qildi.

911055

Bosh konsullik tomonidan shu haqida berilgan bayonotga ko’ra diplomatik vakolatxonada tashkil etiladigan 8295-raqamli saylov qutisida Turkiyaning Istanbul, Balikkesir, Bursa, Kirklareli, Tekirdag’, Chanakkale, Edirne va Yalovada istiqomat qilgan Rossiya fuqarolari ovoz beradi.

Rossiya fuqarolari 18-mart kuni soat 08:00 dan boshlab 20:00 gacha Bosh konsullik binosidagi saylov uchastkasida ovoz berish imkoniga ega.

Rossiya fuqarolarining ovoz berishi uchun saylov uchastkasidagi tegishli xodimlarga kim ekanligini tasdiqlovchi hujjatlarini ko’rsatishi yetarli.

Istanbul Bosh konsulligidan uzoqda istiqomat qilgan rossiyalik saylovchilariga esa Izmitning Darija tumanida 9-mart kuni, Turkiya vaqti bilan 17:00-21:00; Bursada 10-11-mart Turkiya vaqti bilan 08:00-18:00 soatlari orasida ovoz berish imkoni beriladi.

Aloqador xabarlar