Vassiliy Nebenziya:"DAISh safida jang qilgan 120 jangari PKK safiga qo'shildi"

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vassiliy Nebenziya BMT xavfsizlik kengashida xalqaro terrorizmga bag’ishlangan yig’ilishda so’zga chiqdi.

907036
Vassiliy Nebenziya:"DAISh safida jang qilgan 120 jangari PKK safiga qo'shildi"

Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vassiliy Nebenziya BMT xavfsizlik kengashida xalqaro terrorizmga bag’ishlangan yig’ilishda so’zga chiqdi.

Vassiliy Nebenziyaning ta’kidlashicha, DAISh safida jang qilgan 120 jangari PKK, KJK, PYD va YPG kabi terror guruhlari safiga qo’shilmoqda.

“Ko’rmasdan kelinayotgan bu muammo terrorizmga qarshi haqiqatdan ham adolatli kurash olib borilmayotganligini ko’rsatadi”,-dedi Vassiliy Nebenziya.

Terror tashkiloti DAISh o’tgan yilning so’ngi oylarida neft va tabiiy gaz kontrabandasidan qo’lga kiritgan daromadi oyda 2 mln dollarga yetganligini ma’lum qilgan Vassiliy Nebenziya, DAISh zamonaviy texnologiyalar bilan internet orqali daromad manbayini oshirishga harakat qilganligini tilga oldi.

“PKK, PYD va YPG terror guruhlari asirga olgan DAISh jangarilarini ozod qilib, ularni o’z safiga qo’shib olgan. Buni ko’rmaslikka olish katta tahlika yaratadi”,-dedi Vassiliy Nebenziya.

Buyuk Britaniyaning BMTdagi doimiy vakili o’rinbosari Jonathan Allen ma’lum qilishicha, DAISh nazoratida bo’lgan yerlarning 98%i qutqarilgan, natijada Iroq va Suriyada 8 mlnga yaqin inson terror zulmidan qutulgan.

DAISh bo’laklarga bo’linganligini va kuchsizlashtirilganligini, biroq ekstremist oqimlarga jalb qilish holatlari hamon butun dunyoga tahdid solayotganligini ta’kidlagan Allen, internetdan bu kabi qora maqsadlarda foydalanishga chek qo’yish zarurligini ma’lum qildi.

 

 



Aloqador xabarlar