Guterres BMTXKni, Suriyada kimyoviy quroldan foydalanganlarni aniqlash uchun hamkorlikka chaqirdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterres BMTXKni, Suriyada kimyoviy quroldan foydalanganlarni aniqlash uchun hamkorlikka chaqirdi.

905655
Guterres BMTXKni, Suriyada kimyoviy quroldan foydalanganlarni aniqlash uchun hamkorlikka chaqirdi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antonio Guterres Suriyada kimyoviy quroldan foydalanganlarni keskin qoralagan holda, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashini “bu masaladagi javobgarlarni aniqlash uchun” birdamlikka chaqirdi.

BMT Bosh kotibi rasmiy vakili o’rinbosari Farxan Xak kundalik matbuot anjumanida, oxirgi haftalarda Suriyada kimyoviy quroldan foydalanilayotganligi haqida tarqagan ma’lumotlardan tashvishda ekanliklarini qayd etdi.  

Kimyoviy quroldan foydalanishlik masalasining qabul qilinishi imkonsiz ekanligini eslatgan Xak, Guterressning, Suriyada kimyoviy quroldan foydalanganlarni keskin qoralaganligini ifoda etdi.

Farxan Xak shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xavfsizlik Kengashini “bu masaladagi javobgarlarni aniqlash uchun” birdamlikka chaqirganligini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Aytib o’tish joizki AQSh BMTning Xavfsizlik Kengashiga taqdim etgan bayonotda Suriyada foydalanilgan kimyoviy quroldan rejimni javobgar deb topib, bu masalani qoralar ekan Rossiya, rejimni ayblagan mazkur bayonotga e’tiroz bildirgan edi.

 

 

 



Aloqador xabarlar