Suriyada keskinlikdan holi zonaga hujumlar avj oldi

Suriyaning Idlib viloyatida keskinlikdan holi zona ichida joylashgan Xon As-Subul va Masaran qishloqlariga sodir qilingan hujumlarda 16 kishi halok bo’lgan.

903163

Idlibda milliy mudofaadan mas'ul rahbar Xaj Yusuf ma’lum qilishicha, oxirgi oylarda hududda hujumlar avj olgan.

“Bugun Serakib tumanida joylashgan Tel merdih, Sarcha, Kafaramim, Masaran va Xon As-Subul qishloqlari bombardimon qilindi”,-dedi Xaj Yusuf.

Uning aytishicha, Beshar Asad rejimi harbiylari tomonidan Xon As-Subul qishlog’iga barril bombasi otilgan. Hujumda 9 kishi halok bo’lgan. Masaran qishlog’iga sodir qilingan hujumda esa, bir oiladan 7 kishi nobud bo’lgan.

Eslatma: Kecha Idlibda muxoliflar nazoratida bo’lgan hududga sodir qilingan hujumda 7 kishi halok bo’lgan edi.

Aloqador xabarlar