Ruminiya bosh vaziri Mixay Tudose o'z vazifasidan iste’fo etdi

Tudose: “Yana ham ko’proq transport yo’llari va shifoxonalar qurdirmaganim uchun o’zimni aybdor deb bilaman, lekin 2017 yil yomon o’tmadi. Hech narsa uchun pushaymon emasman”.

889602
Ruminiya bosh vaziri Mixay Tudose o'z vazifasidan iste’fo etdi

Ruminiya bosh vaziri Mixay Tudose o'z vazifasidan iste’fo etdi.

Tudose ijtimoiy demokrat partiyaning milliy hukumat komiteti yig’ilishidan so’ng, o’z vazifasidan iste’fo etganini ma’lum qildi.

Milliy hukumat komiteti yig’ilishidagi ovozga qo’yishda, partiyasi tomonidan qo’llab quvvatlamagan Tudose yig’ilishdan so’ng iste’fosini e’lon qildi.

U yangi bosh vazir tayinlanguniga qadar kuta olmasligini, partiyasi yangi hukumatni tuzishga qaror berganini ma’lum qildi.

Tudose: “Yana ham ko’proq transport yo’llari va shifoxonalar qurdirmaganim uchun o’zimni aybdor deb bilaman, lekin 2017 yil yomon o’tmadi. Hech narsa uchun pushaymon emasman”,-dedi.


Tanlangan kalimalar: #Ruminiya , #Mixay Tudose , #hukumat , #iste'fo

Aloqador xabarlar