Hindistonning Afg’onistondagi elchixonasi hududiga raketa kelib tushdi

Bu haqda Hindiston tashqi ishlar vazirligi kotibi Ravish Kumar ma’lum qildi.

889042
Hindistonning Afg’onistondagi elchixonasi hududiga raketa kelib tushdi

Hindistonning Afg’onistondagi elchixonasi hududiga raketa kelib tushdi.

Bu haqda Hindiston tashqi ishlar vazirligi kotibi Ravish Kumar ma’lum qildi.

Ravish Kumar elchixona binosiga uncha katta ziyon yetmaganini ma’lum qilgan.

“Bir muddat avval Qobuldagi elchixonamiz hududiga raketa kelib tushdi va elchixona majmuasining orqa tomonidagi binoga kichik zarar yetkazdi. En quvonarlisi shuki, yong'in va jabrlanganlar bo'lmagan. Elchixonamiz ma’lum qilishicha, barcha xodimlarimiz sog’-salomat va xavfsizligi ta’minlangan”,-dedi Hindiston tashqi ishlar vazirligi kotibi Ravish Kumar.

Raketaning kim tomonidan va qayerdan otilgani ma’lum emas.

Afg’onistonda faoliyat ko’rsatgan ekstremist guruhlardan birontasi hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olmagan.



Aloqador xabarlar