Tayyib Erdo'g'an va Vladimir Putin telefon orqali ko'rishdi...

Turkiya prezidenti Erdo'g'an, Rossiya prezidenti Putindan, Suriyada uyushtirilgan hujumlarni to'xtatishga yordam berishini so'radi.

886659
Tayyib Erdo'g'an va Vladimir Putin telefon orqali ko'rishdi...

Turkiya prezidenti Rejep Tayyib Erdo'g'an, Rossiya prezidenti Vladimir Putindan, Suriyaning Idlib va Guta shaharlarida uyushtirilgan hujumlarni to'xtatishga yordam berishini istadi.

Ikki lider, kechqurun telefon orqali uchrashuv o'tkazdi.

Telefon uchrashuvida o'zaro aloqalar bilan bir qatorda yadro dasturida hamkorlik olib borish mavzusi ham muhokama qilinar ekan, Suriya mavzusi dolzarb masalalardan biri bo'ldi.

Prezidentlik manbalarining ma'lum qilishicha, prezident Erdo'g'an, Damashk rejimining Idlib va Sharqiy Gutadagi hujumlarini zudlik bilan to'xtatishining, Ostona jarayoni va Sochi Kongressining samardor bo'lishi uchun muhim ekanligiga diqqat qaratdi.

Akkuyu yadro stansiyasi va Turk Oqimi loyihalari bilan bir qatorda boshqa ish sohalarini ham baholagan Erdo'g'an va Putin, o'zaro aloqalarni har tomonlama rivojlantirish mavzusida qat'iy qarorga ega bo'lganliklarini qayd etdi.

Ikki rahbar, Turkiya va Rossiya o'rtasida Oliy Darajali Hamkorlik Kengashi yig'ilishi va Sochi Kongressi bilan aloqali fikr almashdi.

Rossiya prezidenti Putin uchrashuv haqqida bergan bayonotida, Rossiyaning Suriyadagi harbiy bazalariga so'ngi paytlar tez-tez hujumlar uyushtirilganini eslatib, "Bunlar na Turk askari na Turk boshqaruvhilari bilan bog'liq. Bu hujumlarnin kimlar sodir etgani bilinmaydi" deb so'zladi.

Hmeymim havo bazasiga uchuvchisiz havo vositalari bilan uyushtirilgan hujum tashabbusining yaxshi rejalashtirilganini ifoda etgan Putin, bundan maqsad o'rtamizdagi hamkorlik bilan aloqalarga zarar berish bo'lganligini bildirdi.

 



Aloqador xabarlar