O’rta yer dengizida muhojirlarga to'la qayiq cho'kib ketdi

Xalqaro migratsiya tashkiloti ma’lumotiga ko’ra, o’tgan yili O’rta yer dengizida 3000dan ortiq inson nobud bo’lgan.

883942
O’rta yer dengizida muhojirlarga to'la qayiq cho'kib ketdi

O’rta yer dengizida Italiya sohiliga tomon ketayotgan qayiq fojiaga uchradi.

Qayiqda 290 atrofida afrikalik muhojir bo’lgan.

Ular dengizda g’oyib bo’lgan, ikki ayolning jasadi topilgan.

Xuddi mana shunday voqea Liviya sohilida ham ro’y berdi.

Liviya orqali yuzlab afrikalik muhojirlarni Yevropaga olib ketayotgan ikki qayiqdan biri cho’kib ketgan.

Yana biri cho’kayotgan paytda Italiya sohil xavfsizlik qo’riqchilari tomonidan qutqarib qolingan.

Qutqaruvchilar dengizdan 250 tacha muhojirni qutqarib qolgan, bedarak yo’qolgan 40 muhojir qidirilmoqda.

Xalqaro migratsiya tashkiloti ma’lumotiga ko’ra, o’tgan yili O’rta yer dengizida 3000dan ortiq inson nobud bo’lgan.

O’tgan yilining o’zida Liviya orqali Italiyaga 120000 kishi qochib o’tdi.

Xozirda vatanidagi ichki urushlar, notinchlik va ishsizlik tufayli o’zga yurtlarga qochishga uringan yuzlab muhojirlar Liviyada qolib ketgan.

 



Aloqador xabarlar