TIKA oqqon kasalligiga chalingan efiopiyalik bolalarga yordam berdi

TIKA Efiopiya poytaxti Addis Abeba shahrida joylashgan “Tikur Anbessa” nomidagi kasalxonaning Pediatrik gematologiya va onkologiya bo’limiga ko’plab nogironlar aravachasi, kravat va kasalxona jixozlari sovg’a qildi.

881449
TIKA oqqon kasalligiga chalingan efiopiyalik bolalarga yordam berdi

Turkiya Respublikasi Bosh vazirlik qoshidagi Turk Hamkorlik va koordinatsiya agentligi (TIKA) Efiopiyadagi bir kasalxonada oqqon kasalligiga chalingan bolalarni davolayotgan bo’limni kasalxona jixozlari bilan ta’minlab, bolalarga sovg’a topshirdi.

TIKA Efiopiya poytaxti Addis Abeba shahrida joylashgan “Tikur Anbessa” nomidagi kasalxonaning Pediatrik gematologiya va onkologiya bo’limiga ko’plab nogironlar aravachasi, kravat va kasalxona jixozlari sovg’a qildi.

Sovg’alarni topshirish uchun uyushtirilgan marosimda nutq so’zlagan TIKAning Addis Ababadagi vakolatxonasi rahbari o’rinbosari Burak O’zden, bemor bolalarga yordam berganliklari uchun xursand ekanliklarini qayd etdi.  

TIKAning dunyo bo’ylab oxirgi 6 yil mobaynida roppa-rosa 360 ta sog’likni saqlash markazining shart-sharoitini yaxshilash maqsadida faoliyat olib borganliklarini belgilab o’tgan O’zden, bu loyihaning “Tikur Anbessa” nomidagi kasalxona bilan bo’lgan birinchi hamkorlik ekanligini, buning bundan buyon ham davom etajagini eslatib o’tdi.

O’zden, “TIKA kasalxonadagi boshqa bo’limlarning shar-sharoitini yaxshilash uchun ham hissa qo’shishga tayyor” deya gapirdi.

Marosimda nutq so’zlagan Klinika bo’limi direktori doktor Yirgu Gebrehiwot, Efiopiyada oqqon kasalligiga chalingan bemorlarni davolash uchun kamdan-kam markaz borligini eslatgan holda, mamlakat bo’ylab 70 ming bolaning shu kasallikka chalinganligini belgilab o’tdi.

Gebrehiwot, oqqon kasalligiga chalingan bolalarni davolash uchun kelajakda yo’lga qoyiladigan loyihalarda TIKAdan yana-da- ko’proq yordam kutganliklarini ham o’z nutqiga ilova etdi.  

 



Aloqador xabarlar