Hasan Nasrulloh, Erondagi namoyishning sababibini iqtisodiy bo'lganini bildirdi

Xizbulloh kotibi Hasan Nasrulloh, Erondagi inqirozning sosiy emas iqtisodiy taranglikdan kelib chiqganini izohladi.

881635
Hasan Nasrulloh, Erondagi namoyishning sababibini iqtisodiy bo'lganini bildirdi

Hizbulloh tashkilotining bosh kotibi Hasan Nasrulloh, Erondagi inqirozning siyosiy emas iqtisodiy taranglikdan kelib chiqganini izohladi.

Livanning Al-Meyadin kanaliga muloqot bergan Nasrulloh, namoyishlarni siyosiy tomonga burishni istaganlar borligini qayd etdi.

Nasrulloh Eron rejimining hodisalarni sassiz va xavotir yaratmaydigan shaklda kuzatib borganini qayd etgan Nasrulloh, "Hozircha nazorar kuchimiz mavjud. 2009 yilgi hodislar bilan solishtirilmaydi" deb ifoda etdi.

Nasrulloh, namoyishning sababini iqtisodiy taranglik bo'lganini; Amerika qo'shma shatatlari (AQSh), Isroil va Saudiya Arabiston kabi davlatlarning bu hodisadan foydalanishni istaganini izohladi.

Hizbulloh rahbari, ham AQSh prezidenti Donald Trupmning ham namoyishlarning avjiga ko'tarilishini va rejimning bartaraf bo'lishini kutganlarning umidlari puchga chiqishini izohladi.

Erondagi hodisalar, 28 -Dekabr kuni Mashhad shahrida bir guruh namoyishchining, narx- navolarning oshganiga, ishsizlik, poraxo'rlik kabi muamommarga norozichilik ko'rsatishi bilan boshlagan edi.

Bu namoyishlar tez orada rejimga qarshi burilib, poytaxt Tehron, Kirmanshah, Senendech, Kum, Shiroz, Ahvoz, Zahidan, Erak, Hurram Obod kabi shaharlarga tarqaldi.

O'lkada bo'lgan hodisalar natjasida hozirgi kungacha 24 kishi hayotini yuqotdi, mingdan ziyod namoyishchi esa qo'lga olindi.

 



Aloqador xabarlar