Zamir Kabulov:"DAISh Afg’onistonda o’z safini kengaytirmoqda"

Ma’lumotga ko’ra, Afg’onistonda DAIShga a’zo terrorist soni 10 mingdan oshdi.

875112
Zamir Kabulov:"DAISh Afg’onistonda o’z safini kengaytirmoqda"

Suriya va Iroqda mag’lubiyatga uchragan terror tashkiloti DAISh Afg’onistonda o’z safini kengaytirgani kuzatilmoqda.

Bu haqda Rossiyaning Afg’onistondagi maxsus vakili Zamir Kabulov ma’lum qildi.

Ma’lumotga ko’ra, Afg’onistonda DAIShga a’zo terrorist soni 10 mingdan oshdi.

“DAISh oxirgi paytlarda Afg’onistondagi faoliyatini kengaytirdi. Suriya va Iroqdan Afg’onistonga qochqib o’tgan terroristlar soni 10 mingdan oshdi”,-dedi Zamir Kabulov.

Kabulov terroristlar mamlakat shimolida Tojikiston-Turkmaniston chegarasi hududlarida ko’payganiga diqqat qaratdi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #DAISh , #Afg'oniston , #Iroq , #Suriya , #Zamir Kabulov

Aloqador xabarlar