Rossiyaning Armaniston elchisi Armaniston-Turkiya munosabatlari haqida gapirdi

Rossiyaning Armaniston elchisi Ivan Volinkin Armanistonning Turkiya va Ozarbayjon chegaralarining uzoq vaqtdan beri butunlay yopiq ekanligini eslatgan holda Armaniston-Turkiya munosabatlariga to’xtaldi.

871954
Rossiyaning Armaniston elchisi Armaniston-Turkiya munosabatlari haqida gapirdi

Rossiyaning Armaniston elchisi Ivan Volinkin yurtining Armaniston bilan Turkiya o’rtasidagi munosabatlarning qayta tiklanishini har doim qo’llab-quvvatlab kelganligini, bundan buyon ham qo’llab-quvvatlashni davom ettirajagini qayd etdi.

Shu haqida jurnalistlarga bayonot bergan Volinkin,

“Armaniston bilan Turkiya o’rtasidagi munosabatlarning qayta tiklanishi ikki tomonli masala lekin Rossiya har doim bu jarayonni qo’llab-quvvatladi va qo’llab-quvvatlashni ham davom ettiradi. Bu borada ikki mamlakat o’rtasida muzokara yoki kelishuv imkoni yaratilgudek bo’lsa unda Rossiya har doim bu borada ijobiy hissa qo’shishga tayyor” degan ifodalarga o’rin berdi.

Armanistonning Turkiya va Ozarbayjon chegaralarining uzoq vaqtdan beri butunlay yopiq ekanligini eslatgan Volinkin,

“Chegaralar ochilgudek bo’lsa hamkorliklar yo’lga qoyilib, transport tarmoqlari takror faol xizmat bera boshlaydi. Kavkaz hududlarida tinchlik va barqarorlik ta’minlanishini xohlaymiz. Shuning uchun ham har doim amalga oshiriladigan faoliyatlarga yordam berishga tayyormiz” deya gapirdi.



Aloqador xabarlar