Turkiya tomonidan BMT xavfsizlik kengashiga taqdim etilgan qaror loyihasi veto etildi

Turkiya tomonidan BMTXKga taqdim etilgan "Al-Quds loyihasi"ni rad etgan AQShga qattiq norozichilik ko'rsatildi.

871215
Turkiya tomonidan BMT xavfsizlik kengashiga taqdim etilgan qaror loyihasi veto etildi

Turkiya tomonidan Birlashgan Millatlar Tashkilotining xavfsizlik kengashiga (BMTXK) taqdim etilgan "Al-Quds loyihasi"ni rad etgan Amerika qo'shma shatatlariga (AQSh) qattiq norozichilik ko'rsatildi.

Tashqi ishlar vazirligi, Turkiya rahnamoligida Misr tomonidan BMTMXKga taqdim etilgan va "AQShning al-Qudsni Isorilning poytaxti" deb e'lon qilishi BMTning ta'luqli qarorlariga nomunosib bo'lgani sababli "Huquqiy jihatdan yaroqsiz" ekanligiga diqat qaratgan loyihasning AQSh tomonidan veto etilishi bu o'lkaning berafligini yuqotganini oshikor namunasi bo'lganini ta'kidladi.

Vazirlikdan berilgan yozma bayonotda, al-Quds mavzusida BMTXKga taqdim etilgan qaror loyihasining 14 ijobiy ovozga qarshi 1 rad ovozi bilan qabul qilinmagani ajablanarli ekani ifoda etildi.

Bayonotda, "Xalqaro huquq tamoyillariga ko'ra tayyorlangan, barcha davlatlarni Quds mavzusida BMT qarorlariga rioya qilishga chaqirgan ushbu loyihaning AQSh tomonidan veto etilishi, bu o'lkaning tarafsizligini boy berganini ko'rsatmoqda. Ovozga qo'yishda AQShning yakka o'zi, Quds  qarorlarining huquqiy emasligining namunasidir. BMTXK hududda tinchlik jarayoniga aks etadigan bu masalani barcha xalqaro jamoatchilikning irodasiga zid ravishda qoldirilishi qabul qilinmas" deb bildirildi.

Bayonotda shuningdek Turkiyaning Falastin davlatini va xalqini har doim himoya qilgani, avvalambor BMT xavfsizlik kengashi bo'lib xalqaro maydonlarda Falastinning haqqoniyat kurashida uni qo'llab-quvvatlahga davom etishga diqqat qaratildi.



Aloqador xabarlar