AQShdagi poyezd halokati oqibatida 3 kishi jon berdi

Amerika Qo’shma Shtatlarining g’arbidagi Vashington shtatida halokatga uchragan poyezddagi yo’lovchilardan 3 nafari jon berdi, 100dan ortiq kishi esa tan jarohati oldi.

871518
AQShdagi poyezd halokati oqibatida 3 kishi jon berdi

Amerika Qo’shma Shtatlarining g’arbidagi Vashington shtatida temir yo’l ko’prigida izdan chiqib avtomagistralga qulagan poyezddagi yo’lovchilardan 3 nafari jon berdi, 100dan ortiq kishi esa tan jarohati oldi.

Ma’lumotga ko’ra tan jarohati olganlardan 4 nafarining ahvoli og’ir.

Poyezd shirkati rahbari va hamraisi Richard Anderson jurnalistlarga bergan bayonotida, temir yo’lda poyezd tezligini boshqaruvchi "Poyezd tezligini nazorat qilish tizimi"ning voqea paytida faol emasligini qayd etdi.

Yo’lovchi poyezdida ikkita lokomotiv bilan jami 12 ta vagon borligini ma’lum qilgan Anderson, halokat chog’ida 78 yo’lovchi bilan 5 nafar ekipajning ham borligini o’z so’ziga ilova etdi.  

Vashington politsiyasi ham 14 vagondan 12 tasining izdan chiqqanligini qayd etdi.

Milliy Transport xavfsizligi tashkiloti esa voqeani tekshirib chiqish uchun mintaqaga 20 kishilik tergov guruhi yuborganligini ma’lum qildi.

 



Aloqador xabarlar