Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos amaliy tashrif bilan Qatarda bo’ldi

Mahmud Abbos Qatar tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurrahmon Al Sani bilan uchrashdi.

869852
Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos amaliy tashrif bilan Qatarda bo’ldi

 

Falastin davlat rahbari Mahmud Abbos amaliy tashrif bilan Qatarda bo’ldi.

U tashrifi chog’ida mamlakat tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurrahmon Al Sani bilan uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda AQSh prezidenti Donald Trampning Al-Qudsni Isroil poytaxti deb e’lon qilish to’g’risidagi qarori va uning natijalari, Falastinda ro’y berayotgan hodisalar hamda Al-Qudsda yuz berishi kutilayotgan tahlikalar muhokama qilindi.

Mahmud Abbos uchrashuvdan so’ng, Qatarning G’azoni qaytatdan tiklash qo’mitasi raisi Muhammad Al-Imadiy bilan ham uchrashib, ushbu masalalar bo’yicha fikr almashdi.

 


Tanlangan kalimalar: #Falastin , #Mahmud Abbos , #Qatar , #Al-Quds , #Donald Tramp

Aloqador xabarlar