Fransiyadagi avtofalokat 4 o’quvchining umriga zomin bo’ldi

Fransiyadagi avtofalokat kecha oqshom soatlarida, Perpignan shahrida yuz berdi.

869249
Fransiyadagi avtofalokat 4 o’quvchining umriga zomin bo’ldi

Fransiyaning janubida bir maktab xizmatidagi avtobusning poyezd bilan to’qnashib ketishi 4 bolaning umriga, 19 kishining esa sog’ligiga zomin bo’ldi.

Ushbu avtofalokat kecha oqshom soatlarida, Perpignan shahrida yuz berdi.

Voqeada tan jarohati olganlarning 7 nafarining ahvolining og’ir ekanligi aniqlandi.

Hozirda avtofalokat ustidan tergov ishlari boshlatilar ekan, jon berganlar sonining ortishi mumkinligi qayd etilmoqda.

Aytib o’tish joizki avtobusda 13 yoshdan 17 yoshgacha bo’lgan umumiy o’rta va to’liq o’rta maktab o’quvchilarining borligi ma’lum bo’ldi.


Tanlangan kalimalar: #Fransiya , #avtofalokat , #Perpignan

Aloqador xabarlar