Kongo Demokratik Respublikasida xolera kasalligi keng tarqaldi

“Hozirda Kongo Respublikasida 49370 kishida xolera ishoralari kuzatilgan va yanvar oyidan beri yuqumli kasallik tufayli 1025 kishi hayotdan ko’z yumgan”,-deyiladi bayonotda.

862327
Kongo Demokratik Respublikasida xolera kasalligi keng tarqaldi

Kongo Demokratik Respublikasida bu yil o’ta yuqumli xolera kasalligi tufayli mingdan ortiq kishi nobud bo’ldi.

Bu haqda mamlakat sog’liqni saqlash vazirligi bayonot berdi.

“Hozirda Kongo Respublikasida 49370 kishida xolera ishoralari kuzatilgan va yanvar oyidan beri yuqumli kasallik tufayli 1025 kishi hayotdan ko’z yumgan”,-deyiladi bayonotda.

Faqatgina 20-26 noyabr kunlarining o’zida 1749 kishining xoleraga chalingani kuzatilgan va bulardan 52 nafari hayotdan ko’z yumgan.

Shifoxonalarda yetarlicha gigiyena muhiti bo’lmagani uchun xoleradan o’lganlar soni ortishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.

Chegarasiz shifokorlar tashkilotiga ko’ra, mamlakatdagi o’ta yuqumli xolera kasalligining tarqalishiga shaxsiy gigiyenaning yetarsizligi va toza ichimlik suvining tanqisligi kabi omillar sabab bo’ladi.

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti hisobotiga ko’ra, o’tgan yili 29352 kishi xoleradan zarar ko’rgan va bulardan 817 kishi hayotdan ko’z yumgan.

 

 



Aloqador xabarlar