Yevropaning O’rta yer dengizi chegaralarining xavfli zona ekanligi qayd etilmoqda

Birlashgan Millatlar tashkiloti ma’lumotiga ko’ra bu yil boshqa davlatda jon saqlash say-harakti ichida, yo’llarda, jon berganlar soni 5 ming 80 nafarga yetdi.

856900
Yevropaning O’rta yer dengizi chegaralarining xavfli zona ekanligi qayd etilmoqda

Xalqaro Migratsiya tashkiloti Yevropaning O’rta yer dengizi chegaralarining muhojirlar uchun “o’limga olib boradigan zona” bo’lish xususiyatini davom ettirganligini qayd etdi.

Birlashgan Millatlar tashkiloti ma’lumotiga ko’ra bu yil boshqa davlatda jon saqlash say-harakti ichida, yo’llarda, jon berganlar soni 5 ming 80 nafarga yetdi.

Markazi Shveytsariyaning Jeneva shahrida o’rin olgan Xalqaro Migratsiya tashkiloti ma’lum qilgan hisobotga ko’ra, ular yo dengizda cho’kib olgan yoki qurg’oq mintaqalardan o’tar chog’ida suvsizlikdan jon bergan.

Hisobotga ko’ra qariyb 3 ming kishi O’rta yer dengizi orqali Yevropaga o’tar chog’ida jon berganlar.

Yevropaning O’rta yer dengizi chegaralari muhojirlar uchun uzoq yillardan beri “o’limga olib boradigan zona” bo’lish xususiyatini davom ettirmoqda.

Xalqaro Migratsiya tashkiloti hisobotiga ko’ra 2000-yilning yanvar oyidan 2017-yilning 30-iyunigacha O’rta yer dengizidan Yevropaga o’tishga harakat qilgan qariyb 33 ming 800 muhojir jon bergan.

Joriy yilning boshidan beri Shimoliy Afrikada ham 470 muhojirning jon berganligi aniqlandi. Sahro cho’lining janubidagi mamlakatlarda esa ular sonining qariyb 390 nafarni tashkil etganligi aytilmoqda. 

XMT hisobotida Meksikadan Amerika Qo’shma Shtatlariga o’tishga harakat qilganlar orasida jon berganlar soni 330 nafardan ortgan. Yevropa tuproqlarida esa 84 muhojirning jon berganligi qayd etilmoqda.

Janubi-sharqiy Osiyo kabi dunyoning boshqa nuqtalarida ham boshqa davlatda jon saqlashga harakat qilganlar orasida, yo’llarda, jon berganlarning borligiga e’tibor qaratilgan hisobotda, to’g’risining statistikalarda o’rin olgan ma’lumotlardan yana-da ko’proq bo’lishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar