Saudiya Arabistoni qiroli Pokiston bosh vazirini qabul qildi

Qabulda Saudiya Arabistoni va Pokiston o’rtasidagi munosabatlar, xalqaro va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

856508
Saudiya Arabistoni qiroli Pokiston bosh vazirini qabul qildi

Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdulaziz Pokiston bosh vaziri Shohid Hoqon Abbosiyni Ar-Riyoddagi Yemame saroyida qabul qildi.

Qabulda Saudiya Arabistoni va Pokiston o’rtasidagi munosabatlar, xalqaro va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Qirol Salmon qabuldan so’ng, Pokiston bosh vaziri Abbosiy sharafiga ziyofat berdi.

Abbosiy ayni paytda, valiahd shaxzoda va mudofaa vaziri Muhammad bin Salmon bilan ham uchrashdi.

Bo’lib o’tgan uchrashuvda, ikki davlat xalqlari o’rtasida mustahkam do’stlik va qardoshlik aloqalariga e’tibor qaratilar ekan, bu doirada munosabatlarni yanada mustahkamlash zarurligi qayd etildi.



Aloqador xabarlar