O’rta yer dengizida afrikalik muhojirlar fojiaga uchradi

Fojiada 31 muhojir halok bo’ldi, 200 muhojir qutqarib qolindi.

855127
O’rta yer dengizida afrikalik muhojirlar fojiaga uchradi

Liviyaning g'arbiy sohillari yaqinida ikki qayiqning to'qnashuvi oqibatida 31 muhojir halok bo'ldi.

Sohil xavfsizlik xodimlari 200 muhojirni qutqarishga muvaffaq bo’ldi.

Ular noqonuniy yo’llar bilan Yevropa davlatlariga kirmoqchi bo’lishgan.

Bu voqea Tripolidan 60 km uzoqlikda joylashgan Garabulli yaqinida ro’y bergan.

Omon qolganlar Tripoli portidagi harbiy-dengiz bazasiga olib kelingan.

Liviyada 3 kun ichida 526 ta noqonuniy muhojir qo’lga tushirilgan.

Vatanidagi notinchlik tufayli Yevropaga otlangan afrikalik muhojirlarning aksariyati Liviyadan o’tishga majbur bo’lmoqda.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Afrika , #muhojir , #kema , #fojia , #Liviya

Aloqador xabarlar