Eronda zilzila qurbonlari soni 530 kishiga yetdi

Zilzila oqibatida 30 mingdan ziyod uy vayron bo’ldi, 2 ta qishloq umuman haritadan o’chirildi, yaradorlar soni esa 10 mingdan oshdi.

850062
Eronda zilzila qurbonlari soni 530 kishiga yetdi

Eron va Iroq chegarasida ro’y bergan kuchli zilzila oqibatida Eronda 530 kishi nobud bo’ldi.

30 mingdan ziyod uy vayron bo’ldi, 2 ta qishloq umuman haritadan o’chirildi, yaradorlar soni esa 10 mingdan oshdi.

Eron rasmiylari zilzila hududiga yetarli darajada yordam ko’rsatilganini ma’lum qilar ekan, aksincha mahalliy aholi ochlik va yetarlicha oziqlana olmayotganidan nolimoqda.

Iroqda esa, zilzila qurbonlari soni 8 nafarni tashkil qildi.

Turk qizil yarim oy jamiyati zilzilada eng og’ir talofatga uchragan Iroqning Halabcha shahriga qarashli Darbandixon va Bemo hududlariga gumanitar yordam yubordi.


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Iroq , #zilzila , #Eron-Iroq chegarasi

Aloqador xabarlar