NATO mashg’ulotdagi hodisa yuzasidan Turkiyadan kechirim so’radi

NATO Bosh kotibi Stoltenberg Norvegiyadagi mashg’ulotda yuz bergan hodisa yuzasidan Turkiyadan kechirim so’radi.

849911
NATO mashg’ulotdagi hodisa yuzasidan Turkiyadan kechirim so’radi

NATO Bosh kotibi Stoltenberg Norvegiyadagi mashg’ulotda yuz bergan hodisa yuzasidan Turkiyadan kechirim so’radi.

Stoltenberg yuz bergan hodisaning NATO ko’z qarashini aks ettirmasligini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Stoltenberg,

“Hodisaning yuz berishiga yo’l ochgan kishi NATO xodimi emas, Norvegiya tomonidan vazifa berilgan va shartnoma asosida ishlagan oddiy xodimdir” dedi.

NATO Norvegiyadagi mashg’ulot chog’ida Otaturk va Prezident Rajap Tayyip Erdog’anni nishon sifatida ko’rsatgan texnik xodim bilan bir ofitserning armiyadan haydalganligini ma’lum qildi.

Norvegiyadagi Ittifoq kuchlari qo’mondoni hodisa yuzasidan bir maktub chop ettirib Turkiya Respublikasi Qurolli kuchlar Bosh shtab Boshqarmasidan rasmiy ravishda kechirim ham so’radi.

Kechirim so’rashi haqida maktub chop ettirgan qo’mondon Andrzej Reudowicz, NATO Bosh kotibi vakili Rose Gottemoellerning ham qanchalik xava ekanligini yetkazib, ittifoqdan ham mavzu haqida bayonot berishini kutganligini qayd etdi.

Prezident Erdog’an Otaturkning fotosurati va shaxsining ismi o’rin olgan bir kartinaning “dushman kartinasi” sifatida ko’rsatilgan mashg’ulotda ishtirok etgan 40 nafar turk askarining Turkiyaga qaytarilganligini bayon etgan edi.

Norvegiyadagi NATO mashg’ulotining joriy yilning 8-noyabri kuni boshlagan va “Trident Javelin” deb nomlangan mashg’ulot ekanligi o’rganildi.

Bugun o’z nihoyasiga yetishi kutilgan mashg’ulotda Turkiya nomidan ishtirok etgan xodim kecha Turkiyaga chaqirib olindi.

Erdog’an mavzu haqida bergan bayonotida, “Bunday ittifoqning bo’lishi mumkin emas” dedi.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar