Janubiy Koreyaning sharqida 5.5 bal zilzila ro'y berdi

Yonhap xabar agentligi ma’lum qilishicha, zilzila mahalliy vaqt bilan soat 14:29 da sodir bo’lgan.

847854
Janubiy Koreyaning sharqida 5.5 bal zilzila ro'y berdi

Janubiy Koreyaning sharqida 5.5 bal zilzila ro'y berdi.

Yonhap xabar agentligi ma’lum qilishicha, zilzila mahalliy vaqt bilan soat 14:29 da sodir bo’lgan.

Janubiy Koreya Meteorologiya boshqarmasi ma’lumotiga ko'ra, zilzilaning markazi Janubiy Koreyaning janubi sharqida joylashgan Pxoxan shahri hududida o’rin olgan.

Pxoxan shahri hududida vaqti-vaqti bilan 5,4 bal darajada yer silkinish holatlari kuzatilgan.

Zilziladan keyin bir necha marta yer silkinish holatlari kuzatilgan bo’lib, bularning kuchi 3,6 balldan oshmagan.

Yonhap agentligi xabariga ko'ra, zilzila markazidan 100 kilometr masofadagi Seulda ham yer qimirlashi sezilgan.

Hodisa tafsilotlari haqida hozircha batafsil ma’lumot berilmadi.

 


Tanlangan kalimalar: #Janubiy Koreya , #zilzila , #Seul , #Pxoxan shahri

Aloqador xabarlar