Liviyada o’g’irlab ketilgan ishchilar qidirilmoqda
Kecha Liviyaning Ubari viloyatida bir guruh qurolli shaxslar turk shirkatida mehnat qilgan 4 ta ishchini o’g’irlab ketgan edi.
Liviyada o’g’irlab ketilgan ishchilar qidirilmoqda.
Xavfsizlik manbalaridan olingan ma’lumotga ko’ra, Ubari viloyatida kimligi noma’lum shaxslar tomonidan o’g’irlab ketilgan ishchilar butun mamlakat bo’ylab qidirilmoqda.
Ishchilarni o’g’irlab ketgan shaxslarning kimligi hozircha ma’lum emas.
Tegishli vakillar bu voqeaning terrorchilik harakati ekaniga shubha bilan qaramoqda.
Liviyadagi Tuareg qabilalari tegishli vakillarni mamlakat janubidagi Ubari viloyatida kimligi noma’lum shaxslar tomonidan o’g’irlab ketilgan turk shirkati ishchilarini qutqarish uchun darhol harakatni boshlashga chaqirgan edi.
Eslatma: Kecha Liviyaning Ubari viloyatida bir guruh qurolli shaxslar turk shirkatida mehnat qilgan 4 ta ishchini o’g’irlab ketgan edi.
Bulardan 3 nafari turk, 1 nafari nemis millatiga mansub.
Aloqador xabarlar
Netanyaxu harbiy hukumatini tarqatib yubordi
Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu, harbiy hukumatini tarqatib yubordi.