Afg’onistonda yoqilg’i olib ketayotgan tanker portlab ketdi

Portlash oqibatida 8 kishi halok bo’lgan, 25 kishi jarohat olgan.

839110
Afg’onistonda yoqilg’i olib ketayotgan tanker portlab ketdi

Afg’onistonning poytaxti Qobul yaqinlarida yoqilg’i olib ketayotgan tanker to’satdan portlab ketgan.

Ma’lum bo’lishicha, tankerga bomba joylashtirilgan.

Portlash oqibatida 8 kishi halok bo’lgan, 25 kishi jarohat olgan.

Parvon viloyati xavfsizlik boshqarmasi rahbari general Zaman Mamuzay bu haqda ma’lum qildi.

Uning aytishicha, portlash oqibatida voqea joyidagi yengil mashinalar ham zarar ko’rgan.

Yaradorlardan ba’zilarining ahvoli og’ir ekani aytilmoqda.

Tegishli vakillar qurbonlar sonining ortishidan xavotirda.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Afg'oniston , #Qobul , #yoqilg’i , #tanker

Aloqador xabarlar