Iroq qo’shini, Karkukda nazoratni ta’min etdi.

Iroq Bosh vaziri Haydar Al Ibadi, Iroq qo’shini endi Karkuk atrofida nazoratni ta’min etdi deb ma’lum qildi.

828416
Iroq qo’shini, Karkukda nazoratni ta’min etdi.

Iroq qo’shini, Karkukda nazoratni ta’min etdi.

Iroq Bosh vaziri Haydar Al Ibadi, Iroq qo’shini endi Karkuk atrofida nazoratni ta’min etdi deb ma’lum qildi.

Ibadi Karkukni ziyorat etishini  ham ma’lum qildi.

Markaziy  boshqaruvi bilan Kurd Mintqaviy Boshqaruv o’rtasida avj  olgan taranglikning ortidan Iroq qo’shini,  kuni kecha, Karkukda harbiy  baza va neft quduqlarini  o’ nazoratga olishi uchun operatsiya boshlatdi.

Iroqlik kuchlar Karkuk aeroporti, Shimol neft shirkati, Keyvan harbiy bazasi, Karkuk elektr doirasi  va

Tibbiy gazi manbalari kabi sohalarni  o’ nazoratga olish  bir lahza masalasi ekanini ma’lum qildi.

Karkning Iroq va Hashdi Shabi partizanlarining nazoratiga o’tgandan keyin Karkukning  qa’lasiga Turkman bayrog’i  osildi .Turkman bayrog‘ingning qalaga  osilishi  Arab, Turkman va Kurdlar mushtarak qaror berganlari ma’lum qilindi.

Kurdiston Yurtsevorlar Birligiga qarashli peshmargalar mavzeilarini tark etib chekinish esa peshmarga o’rasida inqirozga sabab bo’ldi.

Fransuz xabar agentligi AFP, Iroq  kuchlari bilan sodir bo’lgan to’qnashuv oqibatida  10 nafar peshmarga  halok bo’lganini ma’lum qildi.

Boshqa tomondan, Iroq qo’shini, Mosulga qarashli Shengalga ham kirib borib bu yerda nazoratni  ta’min etgani ma’lum qildi.

Peshmarga chekingan va mintqada har qanday bir to’qnashuv sodir bo’lmagani ma’lum qilindi.

Shengalga bostirib kirgan Hashdi Shabi mansublari soni 500- 600 atrofida, federal politsiya va qo’shin kuchlari esa  shahar  markazlariga   kirmasdan  atrofda kutib turganini  ham ma’lum qilindi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Karkuk , #Iroq , #Hukumat , #Nazorat

Aloqador xabarlar