Eron va Pokiston o’rtasida chegara xavfsizligi bo’yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi

Mazkur shartnoma Pokistonning Guader portida o’tkazilgan 21-Mushtarak chegara komissiyasi yig’ilishi doirasida imzolandi.

827663
Eron va Pokiston o’rtasida chegara xavfsizligi bo’yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi

Eron va Pokiston o’rtasida chegara xavfsizligi bo’yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Mazkur shartnoma Pokistonning Guader portida o’tkazilgan 21-Mushtarak chegara komissiyasi yig’ilishi doirasida imzolandi.

Yig’ilishda chegaralarning vaziyati, xavfsizlik masalasi, chegarada tijorat va migratsiya masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tomonlar giyohvand moddalar kontrabandasini oldini olish choralari ustida bosh qotirar ekan, migratsiya va terrorizm mavzularida yaqindan hamkorlik qilish shart ekanini tilga oldilar.

Bundan tashqari, xavfsizlik masalalari, mushtarak chegara bozorini tashkil qilish bo’yicha kelishib olindi.

Yig’ilishda tomonlar bundan oldingi muzokaralarda imzolangan 30 moddalik shartnomaga amalda rioya qilishni talab qildilar.


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Pokiston , #shartnoma , #xavfsizlik , #chegara

Aloqador xabarlar