Daniya chegarada qattiq nazorat tartibini 6 oy muddatga uzaytirdi

Daniya hukumati vaqtinchalik chegara nazoratlarini 2018 yilning 12 may kunigacha uzaytirish to'g'risida qaror oldi.

825784
Daniya chegarada qattiq nazorat tartibini 6 oy muddatga uzaytirdi

Daniyada hukumat terror xavfi avj olgani sababli chegarada qattiq nazoratni yana 6 oy muddatga uzaytirdi.

Daniya migratsiya va moslashuv vazirligi ma'lum qilishicha, Daniya hukumati vaqtinchalik chegara nazoratlarini 2018 yilning 12 may kunigacha uzaytirish to'g'risida qaror oldi.

Bu qaror muddati 12 noyabrda o'z nihoyasiga yetadigan Germaniya bilan poroxod portlari va Germaniya quruqlik chegarasida olib borilayotgan chegara nazoratini uzaytirishni o'z ichiga oladi.

 Chegara nazorati muddatini uzaytirish qarorini Yevropa Ittifoqi komissiyasi va Schengenga a'zo davlatlarga ham ma'lum qilgan Daniya Yevropada yuzaga kelgan qochqinlar masalasidan so'ng, 2016 yilning 4 yanvar kuni chegaralarda qattiq nazorat tartibini joriy etgan edi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Daniya , #chegara , #nazorat

Aloqador xabarlar