Kaliforniyadagi yong'inda jon berganlar soni 15 nafarga yetdi

Amerika Qo’shma Shtatlarining Kaliforniya shtatida, haligacha nazorat ostiga olinolmagan o’rmon yong’inlarida jon berganlar soni 15 nafarga yetdi.

824689
Kaliforniyadagi yong'inda jon berganlar soni 15 nafarga yetdi

Amerika Qo’shma Shtatlarining Kaliforniya shtatidagi o’rmon yong’inlarida jon berganlar soni 15 nafarga yetdi. Jon berganlardan tashqari 150 kishi bedarak yo’qoldi.  

Haligacha nazorat ostiga olinolmagan yong’in yuzasidan shtatning ba’zi mintaqalarida favqulodda vaziyat e’lon qilinar ekan, yuzlab uy-joy va ishxona vayron bo’ldi.

Xavf ostidagi mintaqalardan kamida 20 ming kishi evakuatsiya qilindi.

Shamolning ta’siri bilan osonlikcha yoyilgan yong’in kamida 73 ming gektarlik maydonni qoplab olar ekan o’t o’chiruvchi, qidiruv va qutqaruv guruhi xodimlari yong’inni nazorat ostiga olish uchun faoliyat boshlatdi.  

Shimoliy Kaliforniyaning Napa, Sonoma, Butte, Nevada kabi bir necha mintaqasida yong’in yuzasidan favqulodda vaziyat e’lon qilindi.

Yong’inni nazorat ostiga olish faoliyatlari hozirda davom etmoqda.


Tanlangan kalimalar: #Kaliforniya , #AQSh , #o'rmon yong'ini

Aloqador xabarlar