AQSh Idlib masalasida Turkiyani qo’llab-quvvatlamoqchi ekanligini ma’lum qildi

Pentagonning Yaqin Sharq masalasi bo’yicha maslahatchisi Erik Paxon bu haqidagi yozma ravishda bayonot berdi.

822502
AQSh Idlib masalasida Turkiyani qo’llab-quvvatlamoqchi ekanligini ma’lum qildi

Amerika Qo’shma Shtatlarining Mudofaa vazirligi yani Pentagon, Idlibdagi o’q uzishni to’xtatish kelishuvining muhofaza qilinishi borasidagi say-harakatlari masalasida Rossiya va Eron bilan murosa qilib,  Turkiyani qo’llab-quvvatlamoqchi ekanliklarini ma’lum qildi.

Pentagonning Yaqin Sharq masalasi bo’yicha maslahatchisi Erik Paxon bu haqidagi yozma ravishdagi bayonotida,

“Suriya rejimi Suriyaning shimoli-g’arbini faqatgina Suriya xalqi va mintaqasining emas ayni vaqtda, xalqaro terror tashkilotlarini qo’llab-quvvatlagan al-Qoidaning ham xavfsiz hududiga aylantirgan edi. Shunday ekan NATO ittifoqchimiz hisoblangan Turkiyaning o’z chegaralarini muhofaza qilishi va terrorga qarshi kurashini qo’llab-quvvatlaymiz” dedi.

Shuningdek Paxon o’z so’zini:

“AQShning Jabxat ash-Sham degan nom bilan ma’lum bo’lgan Nusra ekstremistik guruhi borasidagi pozitsiyasi o’zgarmadi. Guruh al-Qoidaning Suriyadagi qanotidir va Chet eldagi terror tashkilotlari ro’yhatiga kiritilgan” deya davom etdi.

Avvalroq al-Qoida bilan o’z munosabatini uzganligini e’lon qilgan Nusra ekstremistik guruhining aslida haligacha al-Qoida bilan aloqasi borligini iddio qilgan Paxon, tashkilotning Suriya xalqiga emas al-Qoidaga xizmat qilayotganligini qayd etdi.  

Paxon shuningdek, AQShning shu bosqichda Idlibdagi amaliyotda ishtirok etmaganligini ham eslatib o’tdi.

Aytib o’tish joizki Suriyaning shimoli-g’arbida Turkiyaning chegarasida o’rin olgan Idlib viloyati Turkiya, Rossiya va Eronning Qozog’iston poytaxti Ostonadagi kelishuvi asosida, taranglikni kamaytirish maqsadida xavfsiz hudud ro’yhatiga olingan edi.

Muxolifat guruhning kafil mamlakati hisoblangan Turkiya bilan rejimning kafil mamlakati hisoblangan Rossiya o’rtasidagi kuchli muloqat ortidan shartnoma kuchga kirgan edi.

Turkiya, Rossiya va Eron o’rtasidagi kelishuv asosida Turk Qurolli kuchlari tomonidan Suriyaning Idlib viloyatiga yuborilmoqchi bo’lgan askarlarning tayyorgarligi hozirda tamomlangan vaziyatda.

Idlib, rejim kuchlariga qarshi harbiy va ba’zi muxolifat guruhlar nazorati ostidadir.

 


Tanlangan kalimalar: #AQSh , #Pentagon , #Idlib , #Turkiya

Aloqador xabarlar